Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mastercard rahbariyati bilan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatida xalqaro moliyaviy xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi
    28.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Mastercard moliyaviy xizmatlar korporatsiyasining Yevrosiyo mintaqaviy ofisi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Uchrashuvda bir qator istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Elektron tijorat sohasida savodxonlikni oshirish, “Mastercard Academy” loyihasini o‘zbek tilidagi talqinini ishlab chiqish, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatida xalqaro moliyaviy xizmatlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

    O‘z navbatida, tomonlar hamkorlik uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati