Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yangi Andijon” shaharchasida kommunikatsiya infratuzilmasini keng joriy etish topshirig‘i berildi
    28.04.2022

    Bugun, 28-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hududlarda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, sohadagi mavjud yutuq va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.

    AKT vaziri tashrif doirasida Andijon tumanida barpo etilayotgan “Yangi Andijon” shaharchasida bo‘lib, u yerdagi qurilayotgan zamonaviy uy-joylar, binolar va maydonlar bilan yaqindan tanishdi.

    Mutasaddi soha korxonalari rahbarlariga shaharchada zamonaviy kommunikatsiya infratuzilmasini keng joriy etish bo‘yicha puxta reja asosida tizimli ishlarni tashkil qilish topshirig‘i berildi.

    Manba: Axborot xizmati