Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2023-yilda TATUning Andijon filialini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
    28.04.2022

    Bugun, 28-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Andijon axborot texnologiyalari kolleji faoliyati bilan tanishdi.

    Andijon axborot texnologiyalari texnikumi 900 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ta’lim jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Texnikum tarkibida oʻquv binosi, sport zali, 150 oʻrinli yotoqxonalar mavjud.

    AKT vaziri o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, texnikumning umumiy holati va imkoniyatlari bilan ham tanishdi.

    Tashrif davomida mas’ul shaxslar va o‘quvchilarlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi, unda fikr va takliflar almashildi.

    Yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish, yuqori texnologiyalar sohasidagi bilimlarini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Shuningdek, Axborot texnologiyalari texnikumi negizida 2023-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Andijon filialini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, ushbu jarayonga hozirdan boshlab tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

    Manba: Axborot xizmati