Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida namunali BPO markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda
    29.04.2022

    Bugun, 29-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Qo‘rg‘ontepa tumanida tashkil etilayotgan BPO markazini ko‘zdan kechirdi.

    Andijon viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Qo‘rg‘ontepa tumanida namunali BPO markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    AKT vaziri Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi bilan birgalikda tumandagi “O‘zbekiston pochtasi” AJning ish faoliyati bilan tanishish asnosida yangi tashkil etilayotgan BPO markazi loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi va binoning mavjud bo‘sh turgan qismini zamon talablari asosida ta’mirlash, ulardan oqilona foydalanish hamda loyixani ishga tushirish bo‘yicha kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati