Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalari o‘quv markazlarining menejer va IT mutaxassislari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
    29.04.2022

    Bugun, 29-aprel kuni tashkil etilgan sayyor qabuldan so‘ng Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Andijon viloyatining 16 ta shahar va tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan Raqamli texnologiyalari o‘quv markazlarining menejer va IT mutaxassislari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Muloqot samimiy va do‘stona ruhda tashkil etildi.

    Muloqot davomida BPO xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish, chet tillarini o‘rgatish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish, IT Park rezidentlari ulushini oshirish, shuningdek, IT markaz mutaxassislarini bilim va malakalarini muntazam oshirib borish bo‘yicha taklif va topshiriqlar berildi.

    AKT vaziri tomonidan IT markazlar faoliyatini ushbu yo‘nalishlarda jadal rivojlantirish hamda barcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Muloqot yakunida IT markazlar faoliyatida samarali mehnat qilgan 2 nafar markaz xodimlari, viloyatning loyiha bo‘yicha menejeri va Asaka tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘qituvchisi vazirning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    Manba: Axborot xizmati