Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Marhamat tumanidagi BPO xizmatlari eksportini yanada rivojlantirish va ularni aynan o'z tumanidan ro'yxatdan o'tkazib hudud ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha mavjud imtiyozlar va imkoniyatlar muhokama qilindi
    30.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Marhamat tumani hokimi bilan ko‘rishib, xalqaro logistika kompaniyalari – “Ershilogistika” va “Cargo Prime” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Bugungi kunda kompaniyaning viloyatda 3 ta ijara asosidagi ofisi mavjud bo‘lib, Andijon shahrida 2 ta va Marhamat tumanida eng katta ofisi joylashgan. “Ershilogistika” kompaniyasida 65 nafar “Cargo Prime” 135 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 35 nafarini ayollar tashkil etadi.

    AKT Sh. Shermatovning Andijon viloyatiga tashrifidan asosiy maqsad ham aynan dasturlash xizmatlari hajmining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushini va eksportini oshirishga qaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda Marhamatda faoliyat olib borayotgan korxonalarni kengaytirish, viloyatning boshqa tumanlarida o‘z filiallarini tashkil etish uchun “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJ binolarida qulay infrastrukturaga ega BPO markazlari tashkil etilib, ushbu markazlarni imtiyozli shartlarda foydalanishga berish, O‘zbekistondagi IT korxonalarga berilgan soliq imtiyozlar bilan tanishtirish hamda ularni qiynayotgan muammolari bo‘lsa, ularga qonuniy yechim topish masalasida suhbat olib borildi. Suhbat yakunida kelgusi faoliyati davomida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

    “Cargo Prime” logistika kompaniyasi faoliyatini kengaytirish va yana 250 nafar tuman yoshlarini ish bilan ta’minlash maqsadida, hududdan 1 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu maydonda besh qavatdan iborat bino, mehmonxona, o‘quv xonalari, ish joylari, dam olish xonalari hamda sport maydonchalari va yashil hududlar o‘rin egallaydi. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida kompaniya tomonidan 1,5 mln AQSH dollari miqdorida investisiya kiritiladi. Loyihaning maqsadi IT va logistika yo‘nalishidagi xizmatlarni Marhamat tumanidan turib AQSHga eksport qilish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda yoshlarni bilim olish maqsadida akademiya tashkil etish hisoblanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati