Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi
    30.04.2022

    Bugun, 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, butun mamlakat bo‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari faol ishtirok etdilar.

    Ta’kidlash lozimki, ushbu xayrli tashabbus doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uy atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, ushbu tashabbus kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olish, uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklash maqsadida tashkil etilgan.

    Vazirlikning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalari xodimlari hasharda faol ishtirok etdilar va xayriya hashari doirasida Vazirlik hududi obodonlashtirildi, yo'lak va ariqlar chiqindilardan tozalanib, tartibga keltirildi.

    Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari vazirlik jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta hissa qo'shadi.

    Manba: Axborot xizmati