Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Astrum” IT akademiyasini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
    30.04.2022

    Bugun, 30-aprel kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasiga bordi. 

    “Astrum” IT akademiyasi ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan bo‘lib, ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klasterdir. Bu erda yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi.

    AKT Vaziri “Astrum” IT akademiyasining ish faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlari bilan tanishdi.

    Hozirda “Astrum” IT akademiyasi hududidagi mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish zamonaviy oshxona, yotoqxona va kovorking-markazini qurish  bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Shu bilan birga, IT sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududida “Astropolis” massivini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati