eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT texnikumlar o‘quv dasturlarini o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratish zarurligi ta’kidlandi
    04.05.2022

    Bugun, 4 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida, Surxondaryo axborot texnologiyalari texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Surxondaryo axborot texnologiyalari texnikumi Angor tumanidagi Iqtisodiyot va tadbirkorlik texnikumi negizida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda texnikumda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta mutaxassislik yo‘nalishida o‘quvchilarga ta’lim berib kelinmoqda.

    Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov IT texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilarining IT kompaniyalarda va tizimdagi tashkilotlarda amaliyot o‘tash tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Shuningdek, AKT vaziri texnikumda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. O‘quvchilarga sifatli talim berish masalalari va ularning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi hamda sifatli kadr qilib tarbiylashda o‘qituvchilarning roli muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, IT texnikumlar o‘quv dasturlarini o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratish zarurligi aytib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati