Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Boysun tumanida BPO markazini tashkil etish orqali yuqori maoshli ishchi o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda
    04.05.2022

    Bugun, 4-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Boysun tuman telekommunikatsiya boglamasiga tashrif buyurdi.

    AKT vaziri u yerda tashkil etilayotgan BPO markazini ko‘zdan kechirdi.

    Surxondaryo viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Boysun tumanida namunali BPO markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    AKT vaziri O‘zbektelekom” AK Boysun tuman filialining ish faoliyati bilan tanishish asnosida yangi tashkil etilayotgan BPO markazi loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi. Binoning mavjud bo‘sh turgan qismini zamon talablari asosida ta’mirlash, ulardan oqilona foydalanish hamda loyihani ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

    Qayd etilganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish va yuqori haq to‘lanadigan IT-kasblarini rivojlantirish ularning bandligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati