Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Surxondaryo radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishib, soha korxonalari va ishchilari daromadlarini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi
    04.05.2022

    Bugun, 4-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning Uchqizil RTS faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Asosiy maqsad viloyatda davlat va nodavlat telekanallarining ham efirga berilishini va aholiga yanada qulaylik yaratish uchun sharoitlarni ko‘zdan kechirishdan iborat.

    AKT vaziri Sh. Shermatov Uchqizil RTSning xodimlari bilan suhbatlashib, u yerda o‘rnatilgan zamonaviy raqamli teleuzatish qurilmalarini ham ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, uchrashuv davomida sohada faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning qo‘shimcha daromadlarini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Uchqizil RTS 1986-1988-yillarda qurilgan bo‘lib, 1990-yildan boshlab ishga tushirilgan. 26 gektar maydonda joylashgan ushbu inshoot antenna-machtasining balandligi 350 metrni tashkil etadi.

    RTSda quvvati 5 kVt bo‘lgan 1 dona DVB-T2 fotmatdagi raqamli teleuzatish qurilmasi va 6 dona analog radiouzatish qurilmalari mavjud bo‘lib, viloyat markazi Termiz shahri va Termiz, Angor, Muzrabot, Jarg‘o‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, qisman Boysun tumanlari aholisiga ijtimoiy to‘plamdagi raqamli televidenie dasturlari hamda O‘zbekiston, Yoshlar, Mahalla, Yangi asr, Vodiy sadosi, O‘zbegim taronasi FM radiokannallari to‘lqinlarini efirga uzatish faoliyatini olib boradi.

    Manba: Axborot xizmati