Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Boysun tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga borib, yoshlarga аxborot texnologiyalari va chet tillarini oʻrganish muhimligini ta’kidladi
    04.05.2022

    Bugun, 4-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Boysun tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga tashrif buyurdi.

    AKT vaziri u yerda ta’lim olayotgan yosh o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga аxborot texnologiyalari va chet tillarini oʻrganish muhimligini ta’kidladi.

    Shinam xonalarga ega boʻlgan ushbu markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilingan.

    Shuningdek, bu yerda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari tashkil etilgan.

    Shu bilan birga, o‘quv markazda Boysun tumanidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘z malakasini oshirish imkoniyati ham mavjud.

    Manba: Axborot xizmati