Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryoda tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolarning qator murojaatlari joyda ijobiy hal qilindi va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan so‘rovlar nazoratga olindi
    05.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantrish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryoda aholi tomonidan AKT sohasida duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazdi. Avvalroq Vazirik axborot xizmati tomonidan sayyor qabul sanasi ma’lum qilingan edi.

    Bugun 5-may kuni AKT vaziri Sh. Shermatov boshchiligida Termiz shahridagi Matbuot uyi binosida soha tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, talaba-yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.

    Sayyor qabulda vazirlik tizimidagi soha korxona, tashkilot va muassasalar hamda mobil aloqa operatorlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari mobil va stasionar ko‘rgazmali burchaklari bilan qatnashdi.

    Qabul davomida IT sohasida investitsiyalar jalb qilish, oliy ta’limda o‘qitish sifati, ilmiy salohiyatni oshirish, frilanserlik va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, fuqarolar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari, xususan, telefon va pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, IT-yo‘nalishida o‘zlarini qiynayotgan aniq muammo va masalalar ko‘tarildi hamda AKT texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Soha korxona va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan telefon, internet pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, ta’lim sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha muammolar joyida hal etildi. O‘rganish qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

    Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi vakillari, talaba-yoshlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bu kabi xalq qabullarini muntazam o‘tkazib borish har tomonlama aloqa mustahkamligi, soha rivojiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

    Sayyor qabuldan so‘ng Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov soha rahbariga alohida murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. Vazir ularning murojaat va takliflarini eshitib, ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha ma’sul shaxslarga topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati