Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar asosida Surxondaryo viloyatida AKT sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi
    05.05.2022

    O‘zbekiston Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari soha va hududlar rahbarlariga qator topshiriqlar berdi.

    Topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun, 5-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filialida soha korxonalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

    Yig‘ilishda asosiy masala viloyatning AKT sohasidagi xizmatlar ulushi va hududda dasturiy mahsulotlar hajmini oshirish, BPO markazlar tashkil etish orkali eksport salohiyatini yuksaltirish, aloqa operatorlari daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, viloyat bo‘yicha, ayniqsa, chekka hududlarda mobil aloqa qamrovi va internet tezligi sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va soha oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

    Uchrashuvda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati viloyatda AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

    Unga ko‘ra, 2021-yilda Surxondaryo viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan AKT xizmatlari hajmi 467,9 milliard so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 119,2 foizga yetgan. O‘tgan yilda viloyatda AKT infratuzilmasini yanada rivojlantirish loyihalariga 136,3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

    Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda viloyatdagi 3043 ta ijtimoiy soha obyektlaridan barchasi, jumladan, 933 ta xalq ta’limi, 381 ta maktabgacha ta’lim, 381 ta tibbiyot muassasalari, 721 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, 627 ta militsiya tayanch punktlari yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan ta’minlandi.

    Mobil aloqa qamrovini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida, 2021 yil davomida 120 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi va 467 ta mavjud baza stansiyalarida modernizasiya ishlari amalga oshirildi. Natijada aholi maskanlari mobil aloqa bilan 98 foizga hamda keng polosali mobil internet xizmati bilan 80 foizga qamrab olindi.

    Viloyatda pochta xizmatini rivojlantirishga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Surxondaryo filialida 15 ta pochta aloqa bog‘lamasi va 121 ta pochta aloqa bo‘limlari mavjud bo‘lib, ular orqali pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

    Shuningdek, hybrid.pochta.uz veb sayti orqali 20 dan ortiq tashkilotlarga gibrid pochta xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

    Kuryerlik xizmatlari bo‘yicha viloyatda 15 ta korxona va tashkilotlari bilan shartnoma tuzilib, ularga xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

    Bundan tashqari mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni viloyat miqyosida Internet orqali savdoga chiqarish, reklama qilish va mahsulotlarini xaridorlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi “Milliy onlayn savdo maydoncha” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unisavdo.uz sayti ishga tushirildi. Hozirda Surxondaryo filialida jami 112 ta avtomatlashtirilgan pochta aloqa ob’yektlari xizmat ko‘rsatmoqda.

    2021-yilda Surxondaryo viloyatidagi shahar va tumanlarning na’munali umumta’lim maktablarida 16 ta “IT school” lar hamda oliy o‘quv muassasalarida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2 ta Afg‘on fuqarolarini o‘qitish markazi va Termiz davlat universitetida Inkubasiya markazlari tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Viloyatda tashkil etilgan markazlar soni 2022 yilda 15 tani tashkil etmoqda.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar 152 844 nafar yoshlar www.uzbekcoders.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, 108 313 nafari ishtirokchi sertifikatlarini va 79 326 nafari bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritgan.

    2021-yilda Surxondaryo viloyati Angar iqtisodiyot va tadbirkorlik texnikumi negizida Surxondaryo axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etildi.

    Texnikumda 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan ta’minlandi. 

     2022 yilda Surxondaryo viloyatida Axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun 103,7 milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltiriladi. Jumladan:

    75,8 ming raqamli zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari oʻrnatiladi va 2 892 kmga yaqin optik tolali aloqa liniyalari quriladi (85,8 mlrd.soʻm); 

    mobil aloqa qamrovini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida 138 ta yangi baza stantsiyalari oʻrnatish va 70 ta mavjud baza stantsiyalar modernizatsiya qilish (28,5 mlrd. soʻm); 

    IT-Park Surxondaryo viloyati filiali quriladi (10 mlrd. soʻm mahalliy byudjet mablagʻlari);

    Yoshlarni axborot texnologiyalari va dasturlashga boʻlgan koʻnikmalarini oshirish maqsadida 5 ta ixtisoslashtirilgan IT-maktablar tashkil etiladi (1,6 mlrd. soʻm);

    Viloyatdagi barcha pochta aloqa boʻlimlarida aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi (4,1 mlrd. soʻm);

    Viloyatda 2022 yil yakuniga qadar axborot texnologiyalari va dasturlash yoʻnalishi boʻyicha 7 000 nafar yoshlar oʻqitiladi;

    Horijiy davlatlarga koʻrsatilayotgan autsorsing xizmatlarini koʻrsatish markazi tashkil etilib, yangi ish oʻrinlari (0.7 mlrd. soʻm);

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchi sertifikatini qoʻlga kiritganlar yoshlar soni 100 mingtaga etkaziladi (2021 yil mobaynida 79 ming).

    Manba: Axborot xizmati