Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Termiz shahrida IT Park tashkil etiladi
    06.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahrida joylashgan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Hozirda Surxondaryo viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Termiz shahrida  IT Parkni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    AKT vaziri “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filialining ish faoliyati ko‘zdan kechirish asnosida yangi tashkil etiladigan IT Park loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi va binoning mavjud bo‘sh turgan qismini zamon talablari asosida ta’mirlash, ulardan oqilona foydalanish hamda loyihani ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Manba: Axborot xizmati