Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Park rezidenti bilan uchrashdi hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi
    06.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Web Forte” xususiy o‘quv IT-markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    “Web Forte” IT akademiyasi 2021-yildan IT Park rezidenti maqomiga ega bo‘lib, Surxondaryo hamda afg‘on yoshlariga dasturlashdan bilim berib kelmoqda. Korxonada 10 dan ortiq yoshlar dasturlash bo‘yicha internet orqali buyurtmalar olib, outsoursing bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Endilikda “Web Forte” IT akademiyasi jamoasi o‘z oldiga qator nufuzli xalqaro outsoursing birjalarida faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

    AKT Sh. Shermatov o‘quv markazning faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda xususiy IT markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. 

    Manba: Axborot xizmati