Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarga IT ta’lim olishda imkoniyatlarni yanada kengaytirish va ularni kelgusida ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar berildi
    07.05.2022

    Bugun, 7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunkatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirsida Farg‘ona shahridagi “INTELLECTUAL SOFTWARE TECHNOLOGY” MCHJ dasturlash markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu dasturlash markazi bugungi kunda 70 nafar yoshni ish bilan ta’minlagan. AKT vaziri tashrif davomida ushbu markazda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

    Shuningdek, tashrif doirasida “INTELLECTUAL SOFTWARE TECHNOLOGY” MCHJ faoliyati va keladjakdagi rejalari haqida taqdimot ham o‘tkazildi.

    Mazkur MCHJ 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zining 5 yillik tarixiga ega. Hozirda markazda 73 nafar xodim faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shulardan 63 nafari IT mataxasislardir.

    Kompaniya O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda 1000 ga yaqin avtomatlashtirilgan biznes loyihalarini tayyorlagan bo‘lib, ushbu loyihalar hamkor tadbirkorlar, korxona va tashkilotlar tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan.

    Uchrashuv davomida AKT vaziri yoshlarga IT ta’lim olishda imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ularni kelgusida ish bilan ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    O‘quv markazda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan suhbat uyushtirilib, fikr va takliflar almashildi.

    Manba: Axborot xizmati