Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-tadbirkorlarga berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish va BPO yo‘nalishda faoliyatni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi
    07.05.2022

    Bugun, 7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirsida Farg‘ona shahridagi masofaviy xizmatlar eksporti BPO logistika markazi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. 

    AKT vaziri Sh. Shermatovning Farg‘ona viloyatiga tashrifidan asosiy maqsad dasturlash xizmatlari hajmining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushini va eksportini oshirishga qaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan korxonalarni kengaytirish, qulay infrastrukturaga ega BPO markazlari tashkil etilib, ushbu markazlarni imtiyozli shartlarda foydalanishga berish, O‘zbekistondagi IT korxonalarga berilgan soliq imtiyozlar bilan tanishtirish hamda ularni qiynayotgan muammolari bo‘lsa, ularga qonuniy yechim topish masalasida suhbat olib borildi.

    BPO markazlar tashkil etishdan asosiy maqsad – IT va logistika yo‘nalishidagi xizmatlarni Farg‘onadan turib AQSHga eksport qilishdan iborat. 

    Uchrashuvda AKT vaziri Sh. Shermatov yuqori maoshli IT kasblarni egallash evaziga yoshlarning bandligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. 

    Uchrashuv davomida IT-tadbirkorlarga berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish hamda markazning BPO yo‘nalishida o‘z faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

    Manba: Axborot xizmati