Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘onadagi IT Park rezidenti 130 nafardan ortiq ishchi o‘rni yaratib, 35 dan oshiq hududda faoliyat ko‘rsatmoqda
    07.05.2022

    Bugun, 7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidenti bo‘lgan “YOU CLOUD” MCHJ raqamli logistika markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

    Ushbu MCHJ mahalliy taksi xizmati bilan shug‘ullanib, zamonaviy dastur yordamida ichki logistika xizmatlarini amalga oshiradi. Respublikaning 6 ta viloyati hamda 35 ta xududida loyiha yo‘lga qo‘yilgan.

    Kunlik o‘rtacha buyurtmalar soni 65 mingni tashkil etadi. Hozirgi kunda markazda 130 nafar xodim faoliyat olib boradi. 

    AKT vaziri MCHJ rahbariyati bilan suhbatlashib, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirishda vazirlik bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati