Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va viloyat telekommunikatsiya bog‘lamalaridagi bo‘sh joylardan unumli foydalanib, BPO markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi
    08.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali telekommunikatsiya bog‘lamalari faoliyati bilan tanishdi.

    Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov telekommunikatsiya bog‘lamalarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Aholiga sifatli xizmatlarni ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda aholi va xodimlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, kompaniya abonent bazasini oshirish va yoshlarni ishga kengroq jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    BPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim va istiqbolli yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish va yuqori haq to‘lanadigan IT-kasblarini rivojlantirish ularning bandligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda binolarni zamon talablari asosida rekonstruksiya qilish, ulardan oqilona foydalanish hamda ularda BPO markazi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Manba: Axborot xizmati