Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Viasat hamda Eutelsat kompaniyalari vakillari balan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi
    10.05.2022

    “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Viasat hamda Eutelsat kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli infratuzilma va IT-taʼlimni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kompaniyalar bilan bevosita hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.

    Manba: Axborot xizmati