eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Space Technology Conference STC-2022” doirasida MonacoSat kompaniyasi prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi
    10.05.2022

    Bugun Toshkentda “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir nechta xorijiy davlatlar vakillari va mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

    Ushbu konferensiyada Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham qatnashdi.

    Konferensiya doirasida AKT vaziri bir nechta yetakchi xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, MonacoSat kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Ilhami Aygun bilan uchrashdi.

    Unda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani alohida e’tirof etildi.

    AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni safarbar etish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirishni rejalashtirilayotgan faoliyati hamda ularni amalga oshirish va hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati