Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chirchiqda BPO markazi tashkil etiladi
    11.05.2022

    Toshkent viloyatida Masofaviy xizmatlar eksporti markazi (BPO) xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Amerika Qo‘shma shtatlari transport logistikasini yurituvchi “GL TECH DIVERSITY” MCHJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, ularga viloyatda BPO xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Chirchiq shahridan zamon talablariga mos binolar taklif qilindi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park tashabbusi bilan “GL TECH DIVERSITY” MCHJ kompaniyasi hamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilgan mazkur markazda kompaniya tomonidan saralab olingan yoshlar faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kelgusida viloyatning eksportdagi ulushi oshishi, shuningdek, masofaviy xizmatlar tarmog‘ini kengayishiga zamin yaratiladi.

    Viloyatda bu kabi markazlar va kompaniyalar sonining oshishi, viloyat yoshlari uchun zamonaviy ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati