Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Imkoniyati cheklangan shaxslar kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga IT-markazlarda bepul ta’lim olishlari uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari berildi
    12.05.2022

    Bugun, 12-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida bo‘ldi.

    AKT vaziri bu yerda tahsil olayotgan 350 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitilish jarayoni va moddiy texnik ta’minoti bilan tanishdi.

    Mazkur kasb-hunar maktabining “Raqamli texnologiyalar” kafedrasida tahsil oluvchi iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbatlashib, axborot texnologiyalari sohasida bajarayotgan amaliy dasturiy ishlari bo‘yicha fikr almashdi.

    AKT vaziri Bitiruvchi yoshlarni kelajakdagi sohalari bo‘yicha avvalo jamiyatimiz uchun kerakli mutaxassis bo‘lishlari hamda moddiy jihatdan o‘zlarini ta’minlay olishlari kerakligi haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Shuningdek, bilim salohiyatlarini yanada oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘quvchilarga Farg‘ona viloyat IT-markazlarida bepul ta’lim olishlari uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

    Manba: Axborot xizmati