eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Park rezidenti “Parvoz” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
    12.05.2022

    Bugun, 12-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidenti “Parvoz” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu o‘quv markazi 2021-yil oktabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, 1 ta o‘qituvchilar xonasi, 1 ta coworking va media xonasi, shuningdek, 4 ta o‘quv xonasi mavjud.

    Markazda Frontend, Backend, Android, Flutter kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarga ta’lim berib kelinmoqda.

    Ayni vaqtda barcha yo‘nalishlarda 100 ga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda.

    AKT vaziri o‘quv markazi rahbariyati bilan suhbatlashib, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirishda vazirlik bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.

    Shuningdek, AKT sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatiga chuqur e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.  

    Manba: Axborot xizmati