Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “ITEACH ACADEMY” IT-o‘quv markaziga tashrif buyurib, uning faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi
    12.05.2022

    Bugun, 12-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona shahridagi “ITEACH ACADEMY” MCHJ IT-o‘quv markaziga bordi.

    Markazga 2019-yilning 30-yanvar kuni tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda kompyuter savodxonligi, web dasturlash, grafik dizayn, 3D max, python, android va smm yo‘nalishlarida ta’lim beriladi.

    Ushbu markazda 17 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Umumiy dars uchun mo‘ljallangan xonalar soni 7 tani tashkil etadi. Bundan tashqari 1 ta coworking xonasi ham mavjud.

    Shu kunga qadar 500 nafardan ortiq tinglovchilar o‘quv kurslarida qatnashib kelayotgan bo‘lib, soha bo‘yicha amaliyot qilib o‘qiyotganlar 200 tadan ortiqni tashkil etadi. Shundan 150 nafardan ortiq tinglovchilar muvaffaqiyatli tamomlagan va 70 dan ortiq yoshlar ish joyiga ega bo‘lgan.

    AKT vaziri tashrif davomida markaz mas’ullari hamda o‘quvchilar bilan suhbat uyushtirilib, fikr va takliflar almashildi.

    Shu bilan birga, Yoshlarni AKTga keng jalb qilish, o‘quv markaz faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

    Manba: Axborot xizmati