Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri O‘zbekiston tumanida amalga oshirilgan ishlarni va hamkorlik istiqbollarini o‘rgandi
    13.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston tumanida AKT vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va hamkorlik istiqbollari bilan tanishdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston tumanida bo‘lib, vazirlik ko‘magida tumanda amalga oshirilgan bir qator ijtimoiy loyihalarni ko‘zdan kechirdi. 

    Xususan, AKT vaziri “Qudash” va “Namuna” MFY, Yaypan shahridagi telekommunikatsiya bog‘lamasi, pochta aloqasi bog‘lamasi, IT-markazida bo‘ldi. 

    Dastlab telekommunikatsiya bog‘lamasiga tashrif buyurgan AKT vaziri aholiga sifatli telekomunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini ko‘zdan kechirgan bo‘lsa, shundan so‘ng IT-markazdagi bo‘lajak dasturchilarning mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi.

    Tuman rahbariyati bilan istiqbolli yo‘nalishlarning kelgusida tumandagi yanada rivoji borasida fikr almashilib, yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Bunda asosan yoshlarni IT sohasiga ko‘proq qamrab olishga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. 

    AKT vaziri Sh. Shermatov, shuningdek, “Qudash” va “Namuna” MFYlariga qilgan tashrifi davomida “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, yig‘in mas’ullari va faollar bilan bu boradagi muhim vazifalar muhokama qildi.

     

    Manba: Axborot xizmati