Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Farg‘onada 300 dan ortiq yuqori maoshli ishchi o‘rinlari yaratgan “Megagroup” veb-studiyasi faoliyati bilan tanishib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
    16.05.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida “Megagroup” veb-studiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Ushbu studiya 1997-yildan beri xorijiy bozorlar uchun veb-saytlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keladi.

    “Megagroup” Rossiyadagi TOP-5 eng yaxshi veb studiyalar qatorida bo‘lib, hozirga qadar markazda ikki yuz mingdan ortiq veb saytlar yaratilgan.

    Ayni vaqtda kelib, Farg‘onadagi ofisda 300 nafardan ortiq xodimlar faoliyat olib bormoqda va IT mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanib kelmoqda.

    Asosiy faoliyat tayyor veb saytlar va platformalar ishlab chiqarish, SMM xizmatlari ko‘rsatish, loyihalarni boshqarish va texnik hujjatlar yaratish, texnik qo‘llab-quvvatlash, hosting va audit xizmatlari, veb saytlarni texnik sinovdan o‘tkazish va xulosalar berish, marketing kabi xizmatlardan iborat.

    Kompaniyaning Rossiya, Belarusiya, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekistonda o‘z vakillik ofislari tashkil etilgan.

    AKT vaziri markaz rahbariyati bilan suhbatlashib, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirishda vazirlik bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, ular bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati