Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Cisco AppDynamicsga O'zbekistonda vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirish taklif etildi
    17.05.2022

    Bugun, 17-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AppDynamics (Cisco) kompaniyasining Markaziy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Aleks Donoyu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda kompaniya vakillari bilan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv davomida Cisco AppDynamics kompaniyasi O‘zbekistonda IT innovatsiyalar va yangi raqamli texnologiyalar bo‘yicha strategik loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

    Manba: Axborot xizmati