Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “EPAM Insider Tashkent” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
    18.05.2022

    22-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IT-Park rezidenti “EPAM Systems”ning “EPAM Insider Tashkent” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

    Konferensiyada 40 dan ortiq mamlakatlarda filiallariga ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalaridan birining buyurtma asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha hamda kompaniya mutaxassislari faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

    Tadbirda sizni quyidagilar kutmoqda:

    – 15 nafar spiker

    – karyera imkoniyati

    – musobaqa va sovrinlar

    Konferensiya ingliz tilida olib boriladi.

    Konferensiya o‘tkazilish vaqti: 22-may, 9:00 dan 17:30 gacha

    Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin:

    https://clck.ru/gmJht

    Manba: Axborot xizmati