Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SAP kompaniyasiga O'zbekistonda mintaqaviy ofisini ochish taklif etildi
    18.05.2022

    Bugun, 18-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov SAP kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan, ta’lim va IT-tadbirkorlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

    Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. IT Park rezidenti bo‘lgan xorijiy IT-kompaniyalarga infratuzilma va soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Xorijiy IT-mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun vizalar olishning soddalashtirilgan “IT Visa” tizimi joriy etildi.

    Uchrashuv davomida kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

    AKT sohasida hamkorlik qilish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish boʻyicha fikrlar almashildi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniyaga O'zbekistonda mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha takliflar berildi.

    Manba: Axborot xizmati