Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Amerikaning “Noble Systems” kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama etildi
    20.05.2022

    Bugun, 20-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerikaning “Noble Systems” kompaniyasi direktori Maykl Samuel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Joriy yilning 14-aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy yetakchi mutaxassislar, IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. 

    Uchrashuvda yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, keyinchalik ularni ish bilan ta’minlash maqsadida respublikaning barcha hududlarida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish autsorsing (BPO va KPO) markazlarini tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

    Shuningdek, O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, AQShning yetakchi IT kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, xalqaro tajriba va ilg‘or tendensiyalarni hisobga olgan holda “Elektron hukumat” va raqamli sanoatni yanada rivojlantirish bo‘yicha masalalarga e'tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati