Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “O‘zbektelekom” AKning Toshkent viloyatidagi kengaytirilayotgan Data markaz faoliyati bilan tanishib, markaz xizmatlarini sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi
    24.05.2022

    Bugun, 24-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AKning Toshkent viloyatidagi kengaytirilayotgan Data markaz faoliyati bilan tanishdi.

    Mazkur markaz ma’lumotlarni saqlash markazlarini kengaytirish va modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.

    Data markaz “VDC – Virtual Data Markazi”, “VDI - Virtual Desktop Infrastructure”, “Video-konferens-aloqa”, “Colocation”, “Web-hosting”, “Bulutli video kuzatuv” va boshqa turdagi bulutli servislar va xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi.

    “O‘zbektelekom” AK shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan barcha kompaniyalarga qulay sharoitlar, imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun hamkorlikka taklif qiladi.

    Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK bulutli data markazi asosida Internet xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda server uskunalari va IT gigantlarining ko‘plab xizmatlarini mahalliylashtirib kelmoqda.

    Markaz tashkil etilishi O‘zbekiston hududida xalqaro Internet-kanalini yanada sezilarli darajada yengillatish imkoniyatini yaratdi. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlari uchun yanada arzonroq va tezkor tariflarni taqdim etadi.

    Data markaz xavfsizlik bo‘yicha eng zamonaviy uskunalar va ishonchlilik tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan.

    AKT vaziri tashrif davomida markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, uni yanada kengaytirish va tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, Data markaz xizmatlarini sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati