Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori bilan IT ta’limni rivojlantirish va ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhakoma qilindi
    26.05.2022

    Bugun, 26-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda ta’lim, AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha fikrlar almashildi.

    Shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon Universitet faoliyatini yanada kengaytirish va uni rivojlantirish, shu bilan bir qatorda, ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhakoma qilindi

    Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda ta’lim sifatini ta’minlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    IT kadrlarni tayyorlashda koreyalik mutaxassislarni jalb etish, O‘zbekistonda IT autsorsing yo‘nalishini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

    Manba: Axborot xizmati