Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi va tizimdagi bir qator korxona va tashkilotlar xodimlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining Vazirlar Kengashi tomonidan yuqori darajali unvonlar bilan taqdirlandi
    01.06.2022

    Bugun, 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida AKT vazirligi va tizimda faoliyat olib borayotgan tashkilot va korxonalar rahbar-xodimlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining Vazirlar Kengashi tomonidan yuqori darajali unvonlar bilan taqdirlangani munosabati bilan marosim tashkil etildi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi va mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

    Yillar davomida o‘z mehnati bilan xalqaro maydonda O‘zbekiston va MDH davlatlarining manfaatlarini himoya qilib kelayotgan Vazirlik va tizimdagi bir qator korxona va tashkilotlarning vakillari ushbu yuqori darajali unvonlar bilan taqdirlandilar.

    Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti 1991-yilning 17-dekabr kuni Moskva shahrida Mustaqil davlatlar xamdo‘stligiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pochta xizmatlari sohasidagi vazirlik va qo‘mitalarning hamkorlik qilishi uchun tashkil etilgan.

    O‘zbekiston Aloqa ma’muriyati tashkilot tashkil etilgan kundan beri mazkur tashkilotning a’zosi hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati