Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Toshkent shahridagi Amity universitetida faoliyat olib borayotgan hindistonlik o‘qituvchi-professorlar bilan uchrashdi
    01.06.2022

    Bugun, 1-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Amity universitetiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Universitetning ilmiy salohiyati, axborot resurs markazidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

    AKT vaziri u yerda talabalarga ta’lim berayotgan hindistonlik o‘qituvchi-professorlar bilan ham uchrashdi.

    O‘qituvchilar bilan suhbat davomida Toshkent shahridagi Amity universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    AKT vaziri ayni vaqtda universitetda bo‘layotgan qabul jarayonlariga ham to‘xtalib, dastlabki bosqich imtihonlarida hindistonlik professorlar tomonidan bevosita nazoratga olingan holda o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratdi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida universitetning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, o‘quv jarayoni, lobaratoriyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Kelgusida universitetda axborot texnologiya yo‘nalishini yanada rivojlantirish, talabalar salohiyatini oshirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

    Ma'lumot uchun:

    Toshkent shahridagi Amiti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Predentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

    Universitetda “Xalqaro boshlang‘ich ta’lim”, “Axborot texnologiyalari bakalavri”, “Kompyuter fanlari va kompyuter injiniringi bakalavri”, “Iqtisodiyot bakalavri”, “Turizm boshqaruvi bakalavri”, “Biznes boshqaruvi bakalavri”, “Axborot texnologiyalari magistri” ta’lim yo‘nalishlarida talabalar o‘qitimoqda.

    Amiti universitetlari dunyo miqyosida 1100 dan ortiq patentlarni qo‘lga kiritgan, dunyo bo‘ylab universitet filialarida shu kunga qadar 15 mingdan ortiq ilmiy maqolalar ishlab chiqargan 6 mingdan ziyod malakali professor-o‘qituvchilardan 200 mingdan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda. Universitetning dunyo bo‘ylab 23 ta mahalliy va 17 ta xalqaro kampuslari mavjud bo‘lib, 150 ta ilmiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi mavjud. 

    Manba: Axborot xizmati