Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “IT-Park University” raqamli universiteti tashkil etilmoqda
    02.06.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “IT-Park University” raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

    Shu asosda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “Epam Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonaning “IT-Park University” raqamli universiteti tashkil etiladi.

    Ushbu raqamli universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

    Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:

    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash;

    axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

    – Universitet o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;

    – o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi va boshqa korxonalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iste’molchilari bilan hamkorlik qilish;

    – ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

    “IT-Park University”da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

    Shuningdek, universitetga qabul jarayonlari 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

    Universitetga quyidagi huquqlar beriladi:

    – bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlarini hamda talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasini belgilash;

    – ta’lim tili hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish davomiyligi muddatlarini belgilash;

    – Universitetga talabalarni qabul qilish va ularni yakuniy attestasiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;

    – talabalar o‘qishini boshqa oliy ta’lim tashkilotlaridan Universitetga ko‘chirish tartibini belgilash;

    – axborot texnologiyalari sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ta’limning yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni belgilangan tartibda ochish;

    – yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;

    – pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotasiyasiga oid tartibni belgilash.

    Universitetda o‘qitish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa ta’lim shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

    Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

    Manba: Axborot xizmati