Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri ochiq muloqot o‘tkazib, Frilanser sifatida O‘zbekistonda yuqori daromad olish uchun nimalar qilish kerakligi va frilanserlik bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi
    03.06.2022

    Bugun, 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov frilanserlar va frilanser bo‘lish istagida bo‘lganlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, O‘zbekistonda yuqori daromad olish uchun nimalar qilish kerakligi va Frilanserlik bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi.

    Unda AKT vaziri, vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan soha va korxona vakillari hamda hozirgi kunda O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan frilanserlar ham ishtirok etdi.

    Hozirgi kunda frilanserlikda faoliyat olib borayotgan soha vakillari ushbu yo‘nalishda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi, xorijdan pul o‘tkazmalaridagi ba’zi to‘siqlarga yechimlar, shuningdek, frilanser bo‘lish uchun qanday platformalar mavjudligi, ulardan o‘rganish foydalanish usullari haqida o‘z bilim va ko‘nikmalarini berib o‘tishdi.

    Shu bilan birga, frilanserlikka qiziquvchi va bu sohaga endi kirib kelayotgan yoshlar tomonidan onlayn muloqot davomida berilgan savollarga javoblar berildi.

    Ochiq muloqotni to‘liq ushbu havolalar orqali ko‘rishingiz mumkin:

    https://www.facebook.com/mininfocom/

    https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov

    https://www.youtube.com/channel/UCxMsZ17JM4auujQtDz0cbUA

    Manba: Axborot xizmati