Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Frilanserlar soliqlarni qanday to'laydi
    08.06.2022

    Frilanser o’zini-ozi band qilgan shaxs maqomini olish uchun ariza berishi mumkin va har yili BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 1 barobari miqdorida frilanserning o’zi ijtimoiy soliq to’lab boradi. E’tibor bering bu jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘i emas. O’zini-ozi band qilgan shaxs maqomi sizga banklardan kredit olish hamda keksalik davri uchun nafaqa olish imkoniyatlarini beradi.

    O’zini-ozi band qilgan shaxs maqomini olish

    Davlat soliq qo’mitasiga shaxsan borgan holda, “Soliq” mobil ilovasi yoki YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari mumkin. O’z-o’zini band qilgan shaxslar to’g’risidagi barcha ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020 yildagi 806-son qarorida to’liq tanishib chiqishingiz mumkin.