Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UpWork – o'zi nima?
    09.06.2022

    Upwork - xalqaro frilans birjasi, unda butun dunyo boʻylab mijozlar va frilanserlar bir-birlarini topadilar. U 2015-yilda oDesk va Elance ikki mashhur mustaqil platformalar birlashganidan keyin paydo bo'ldi.

    Saytda buyurtmachi o’zi uchun bajarishilishi kerak bo'lgan ishning tavsifini joylashtiradi, undan keyin frilanserlar vakansiyaga javob berishadi va buyurtmachi o’ziga yoqqan ijrochini tanlaydi. To'lov ikki shaklda amalga oshiriladi: bosqichma-bosqich belgilangan to'lov yoki har hafta soatlik. Ikkala to'lov varianti uchun Upwork firibgarlikdan himoya qilish xizmatlarini taqdim etadi.

    O'z ishi uchun sayt mijoz va frilanser o'rtasida to'lanadigan umumiy summadan komissiya oladi. Dastlabki komissiya frilanser uchun 20% va mijoz uchun 5%, ya'ni aslida 22,75% ni tashkil qiladi, lekin loyiha byudjeti qanchalik katta bo'lsa, komissiya shunchalik past bo'ladi. Frilanserning har mijoz bilan ish yuritish davomidagi umumiy byudjetdan kelib chiqqan holda komissiya quyidagicha o’zgarib boradi:

    • $500 gacha – 20%
    • $500.01-$10,000 – 10%
    • $10,000.01 va undan ko’p – 5%

     

    Frilanser buyurtmachi bilan 600 dollarlik loyihaga kelishuvga erishdi.

    Buyurtmachi uchun komissiya to’lovi 5% bo’lgani uchun – buyurtmachi $630 miqdorda pul o’tkazishi kerak, $30 UpWork uchun, $600 frilanser uchun.

    Frilanser buyurtmachidan olayotgan $600 dan xizmat to'lovining birinchi $500 uchun 20% va qolgan $100 uchun 10% bo'ladi. To'lovlardan keyin frilanser daromadi $490 bo'ladi.