Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot va aloqa xizmatlarining o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lganligi sababli, ularning mamlakat YAIMdagi ulushi 2 yilda 1,9 foizdan 2,2 foizgacha oshdi
    14.06.2022

    O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-mart oylarida axborot va aloqa xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,2 foizni(2021-yilning yanvar-martida – 2,0 foiz, 2020-yilning yanvar-martida – 1,9 foiz) tashkil etdi.

    Ushbu xizmatlar bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmining 67,3 foizini telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i) tashkil etdi (2021-yilning yanvar-martida – 70,2 foiz, 2020-yilning yanvar-martida – 73,9 %), qolgan 32,7 foizi axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (kompyuter dasturlashtirish, nashriyot faoliyatlari, teleko‘rsatuv va radioeshittirish v.b) hissasiga to‘g‘ri keldi. 

    Manba: Axborot xizmati