Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy-texnik imkoniyatlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi
    14.06.2022

    Bugun, 14-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish uchun institutga bordi.

    Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda belgilab berilgan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan  ishlar bilan tanishdi.

    Shu bilan  birga, AKT vaziri Sh. Shermatov institutda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi, ilmiy rahbarlar, olim va professorlar bilan ochiq muloqot qildi. Ular tomonidan aytilgan takliflar muhokama qilindi.

    Ochiq muloqot davomida, ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlar, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Shuningdek, institutning binosi holatini yaxshilash, zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan berilgan takliflar asosida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Ma’lumot uchun:

    Institut O‘zbekiston Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori asosida tashkil etilgan.

    Manba: Axborot xizmati