Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron tijorat subyektlari vakillari bilan ochiq muloqat o‘tkazilib, shu yo‘nalishdagi soliqqa oid qonunchilik masalalari muhokama qilindi
    15.06.2022

    Bugun, 15-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. Kudbiyev bilan birgalikda Elektron tijorat assosiatsiyasi vakillari o‘rtasida  ochiq muloqat  bo‘lib o‘tdi.

    Muloqot davomida elektron tijorat subyektlari yo‘nalishida soliqqa oid qonunchilik yangiliklari, yuzaga kelishi mumkin bo‘ladigan tushunmovchiliklarni birgalikda ko‘rib chiqib, ularga yechim topish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

    Uchrashuvda fiskal cheklarni elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan taqdim etilishi mexanizmi, to‘lov tashkilotlari tomonidan beriladigan fiskal-cheklardagi 1% miqdorda pul mablag‘ini qaytarish tartibi, Elektron tijorat subyektlariga texnik, huquqiy va soliq masalalariga bag‘ishlangan elektron axborot resursini tashkil etish masalalari ham ko‘rildi.

    Elektron tijorat subyektlari faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik, qo‘mita va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, tizimli ishlash belgilandi.

    Manba: Axborot xizmati