Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    16.06.2022

    Bugun, 16-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda YTTBning Telekommunikatsiya, media va texnologiya sektori rahbari Derk Uyerner ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida AKT vaziri O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yo‘nalishini asosiy drayver sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

    Shuningdek, pandemiya davrida uydan turib ishlashga bo‘lgan talabning oshgani, ushbu davr mobaynida mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlashdan iborat ekanligini qayd etdi.

    Uchrashuvda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga qaratilayotgan e’tibor yuqoriligini ta’kidladi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.  

     

    Manba: Axborot xizmati