Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “EPAM Systems” kompaniyasining New Yorkdagi ofisida O'zbekistonni Mintaqaviy IT markazga aylantirish bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi
    21.06.2022

    20-iyun kuni Nyu-York shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov va “EPAM Systems” kompaniyasi asoschisi, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Arkadiy Dobkin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tomonlar O‘zbekistonda malakali IT-kadrlar tayyorlash va iste’dodlarni rivojlantirish, shuningdek, IT sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalarini muhokama qildilar.

    Uchrashuv doirasida EPAM Systems” kompaniyasi asoschisi, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Arkadiy Dobkin IT-kompaniyalar uchun mamlakatimizda yaratilgan sharoitlarni alohida e’tirof etdi.

    Shu bilan birga, A. Dopkin tomonidan nima uchun aynan O‘zbekiston kompaniya rahbariyati tomonidan relokatsiya uchun tanlangani, mamlakatimizda IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sohaga bo‘lgan e’tiborni inobatga olib, ushbu relokatsiyani qisqa vaqtlarda amalga oshirilganligini alohida ta’kidladi.

    A. Dopkin O‘zbekiston yaqin kelajakda IT yo‘nalishida nafaqat Markaziy Osiyodagi, balki butun mintaqadagi yirik IT-xab bo‘lishiga ishonishini ta’kidladi.

    O‘z navbatida, AKT vaziri Sh.Shermatov tomonidan “EPAM Systems” kompaniyasini har tomonlama qo‘llab-quvatlashga tayyorligini bildirdi.

    AKT vaziri xorijiy mutaxassislarning O‘zbekistonda faoliyat olib borishi qulay bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidladi.

    Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xorijlik IT-mutaxassislarni ko‘chirish jarayoni uchun quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:

    – O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish doirasida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, IT-vizani rasmiylashtirish va taqdim etishda yordam ko‘rsatish;

    – O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish doirasida ijaraga beriladigan uy-joy topish va taqdim etishda ko‘maklashish;

    – oila a’zolarini (yaqin qarindoshlarini) ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chasi, maktab va boshqalar) joylashtirish;

    – tarmoq va aloqa vositalari (mobil aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlash;

    – O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik sayohatlarni tashkil etish.

    Arkadiy Dobkin, shuningdek, yaqin bir necha yil ichida O‘zbekistonda EPAM tizimlarini keng miqyosda rivojlantirish niyatida ekanligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, ayrim mamlakatlarda kompaniyaning toʻliq rivojlanishi uchun 10 yil sarflangan, Oʻzbekistonda esa bu 3-5 yil ichida sodir boʻlishi mumkin.

    Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan “EPAM Global” konferensiyasini tashkil etish, uning doirasida EPAM Systems kompaniyasining yetakchi mutaxassislari uchun O‘zbekistonda ishlash uchun sharoit va imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida IT-tur o‘tkazilishiga to‘xtaldilar.

    Natijada ikki tomon ham yuqoridagi barcha loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati