Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sun’iy intellekt yo‘nalishida "Computer Vision AI Challenge" xakatoni o‘tkazilmoqda
    25.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park), Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sun’iy intellekt yo‘nalishida “Computer Vision AI Challenge” xakatoni o‘tkazilmoqda. Xakaton 24-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

    Xakatonga Toshkent shahri va O‘zbekistonning turli viloyatlaridan 300 ga yaqin ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 200 ga yaqini xakatonda ishtirok etish uchun saralab olindi.

    Xakatonning asosiy mavzusi — kompyuterni ko‘rish. Kompyuterni ko‘rish — bu sun’iy intellekt sohasi bo‘lib, u kompyuterlarga vizual dunyoni sharhlash va tushunishni o‘rgatadi. Raqamli kamera tasvirlari, video va chuqur o‘rganish modellari yordamida kompyuter obyektlarni aniqlaydi va tasniflaydi.

    Har bir jamoa 3 kishidan iborat bo‘lib, xakatonda ishtirokchilar 2 kun ichida kompyuter ko‘rish texnologiyalari asosida raqamli mahsulot yaratishlari kerak bo‘ladi.

    Xakatonda ishtirok etish orqali tanlov ishtirokchilari o‘z loyihasini amalga oshirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar yordamida minimal hayotiy mahsulotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Xakatan yakunida g‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

    Manba: Axborot xizmati