Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan qutlaydi
    27.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.

    Shiddat bilan rivojlanib borayotgan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning natijalari, xalqimiz farovonligi ta’minlash yo‘lidagi ishlarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, shuningdek, turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarni nafaqat jonajon Vatanimiz, balki butun jahonga keng targ‘ib qilish yo‘lidagi sharafli, shu bilan birga, mas’uliyatli, mashaqqatli faoliyatingizni qadrlaymiz.

    Fursatdan foydalanib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan siz, azizlarga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

    Jamiyat hayotining barcha sohalari qatori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillari ham sizlarning bevosita va bilvosita ko‘magingiz, ogohlantirishingiz va xabaringiz yordamida yurtimizda mazkur sohani yanada rivojlantirish, rivojlanishning keyinggi bosqichlariga olib chiqish, respublikamiz aholisining telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va doimiy hamkorimiz ekanlingizdan mamnunmiz. 

    Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

    Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilagan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har doim Siz bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. 

    Bayramingiz muborak bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati