Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil etildi
    27.06.2022

    Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi doirasida “Elektron hukumat” va my.gov.uz – elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha respublika bo‘ylab o‘quv seminarlari tashkil etilib kelinmoqda.

    Joriy yilning 23-24 iyun kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Andijon viloyatining Andijon shahri va Xo‘jaobod, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa tumanlari aholisining my.gov.uz – elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

    O‘quv seminari davomida tizimdan ro‘yhatdan o‘tish tartiblari, shaxsiy kabinetidan foydalanish, ariza jo‘natish qoidalari, joriy qilingan davlat xizmatlari turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. O‘quv seminarida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

    Manba: Axborot xizmati