Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Park Sirdaryo filialida yetakchi IT kompaniyalari rahbarlari ishtirokida “Meetup” tadbiri tashkil etildi
    27.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan IT-Park Sirdaryo viloyati filiali bilan birgalikda yoshlarning IT sohasida o‘z bizneslarini boshlashga o‘rgatish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizning yetakchi IT-kompaniyalari rahbarlari ishtirokida “Meetup” tadbiri tashkil etildi.

    Mazkur tadbirda axborot texnologiyalari sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan spikerlar, Project Managers kompaniyasi rahbari, UIC Group kompaniyasi rahbari va xodimlari, shuningdek, Axborot texnologiyalari vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT-Park Sirdaryo filiali vakillari, IT tadbirkorlar hamda 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.

    Spikerlar o‘z chiqishlarida axborot texnologiyalari sohasidagi eng dolzarb, jumladan, “Loyiha menejeri xayotidan bir kun”, “Dasturchilarning real xayoti”, “Sifatli loyiha o‘zi qanday bo‘ladi?” va Dizayner dasturlashni bilish kerakmi yoki dasturchi dizaynni?” kabi mavzularida taqdimotlar qildilar.

    Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi axborot asrida shunday ko‘rinishdagi tadbirlar, yurtimizda axborot texnologiyalarini yanada rivojlanishi uchun muhim muhit bo‘lib, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va dasturlashni endi o‘rganishni boshlagan yosh dasturchilar o‘rtasida zaruriy ko‘prik sifatida xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati