Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda “Aqlli shahar” dasturi doirasida SHHTga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish” mavzusida Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi
    24.06.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-oktabrdagi qaroriga asosan joriy yilning iyun oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 28–29-iyun kunlari Toshkent shahrida “Aqlli shahar” dasturi doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish” mavzusidagi Xalqaro forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Shu munosabat bilan 29-iyun kuni SHHTga a’zo davlatlar vakillari ishtirokida ushbu Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

    Xalqaro Forum doirasida SHHTga a’zo davlatlar vakillari Toshkentdagi IT Park, Toshkent shahar xokimiyati qoshidagi Vaziyatlar markazi, Toshkent shahar “Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati”, Toshkent shahar transport boshqarmasining “Vaziyatlar markazi”ga tashriflar uyushtirildi.

    Xalqaro forumning vazifasi – “Aqlli shaharlar”ni qurishda mavjud muammolarni aniqlash, aholining xabardorligini oshirish, smart texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish, shuningdek, Xalqaro forum orqali qo‘shma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda SHHTga a’zo davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi tajribalarini o‘rganishdan iborat.

    Shu bilan birga, Xalqaro forumda har bir SHHTga a’zo davlatlar vakillarining “Aqlli shahar”larni qurish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z taqdimot va tajribalari bilan bo‘lishishlari kutilmoqda.  

    Manba: Axborot xizmati